"Bavariya" vingeri Leroy Sane Myunxen klubi bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hujumkor futbolchi mashg‘ulotlarida qatnashib, jamoadoshlari bilan bir qator mashqlarni bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin u individual tiklanish dasturini davom ettirdi. Yevro-2024'dan keyin Sane jag‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgandi.
Qanot futbolchisi sekin-asta safga qaytish ustida ishlashda davom etmoqda. "Bavariya" Bundesliganing yangi mavsumini 25 avgust kuni boshlaydi.