O‘tgan mavsum oxirida "Milan"dan haydalgan italiyalik murabbiy Stefano Pioli yangi ish topdi. U Krishtianu Ronalduning klubi "An-Nasr"ga ustozlik qilishi aytilmoqda.
Ammo bungacha Pioli "Milan"dan tovon puli olishi kerak. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha amalda edi, biroq klub tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Pioli 2019 yildan 2024 yilgacha "Milan"ni boshqargan. U klubni 2022 yilda Italiya chempionatida g‘alabaga olib chiqdi.