Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Xerardo Martino: «Zolim rahbar – bu men uchun emas»

Xerardo Martino: «Zolim rahbar – bu men uchun emas»

Baho:
+ | -

Argentinalik taniqli mutaxassis, hozirda «Inter Mayami»ni boshqarayotgan Xerardo Martino The Athletic saytiga bergan intervyusida «Barselona» afsonalarini boshqarishning nozik va murakkab jihatlariga to‘xtaldi.

 U shuning barobarida MLSdagi muvaffaqiyatli mavsum va murabbiylik falsafasi qay tariqa o‘zgarayotgani haqida bafurja gapirdi.

Aytingchi, «Inter Ma­yami»ni boshqarishda asosiy qiyinchilik nimada yaqqol seziladi?

- O‘tgan yilning iyul oyida oldimizga har bir transferlar oynasidan oqilona foydalangan holda, raqobatbardosh jamoa shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Oddiy ifoda etsak, tarkibimizda Messi, Suares, Buskets va Alba kabi yulduzlar jamlanishgani emas, jamoada o‘yin yaxshi tuzilgani uchun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Albatta, tarkibda katta ijrochilarni ko‘rishdan mamnunmiz, lekin qolgan futbolchilarni shu yulduzlar darajasiga moslashtirish talab etilardi. Qolaversa, «Barsa» afsonalari o‘tmishda qanday katta tajriba to‘plagan bo‘lmasinlar, ularni yangi va mutlaqo boshqa tizimda ishlovchi ligaga moslashtirish masalasi ham yo‘q emasdi. Xullas, hozirgi jamoani shakllantirishimiz uchun chamasi 1 yil ketdi. O‘zi bitta transferlar oynasida barchasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni uddalash imkonsiz. Boz ustiga, doimiy jarohatlar, shuningdek, Amerika kubogi va Olimpiada kabi yirik musobaqalar to‘liq tarkib bilan izchil ishlash imkoniyatini kamaytirdi. Yana bir tomoni, MLS darajasidagi yosh futbolchilardan birdaniga «Barselona» afsonalari kabi to‘p surishni talab qilib bo‘lmasdi.

- Xo‘sh, yosh futbolchilarni yulduzlar darajasiga olib chiqish jarayoni qanday kechdi?

- Ko‘plab yigitlarimizda tajriba yetarli emas, lekin jamoa tarkibida Dreyk Kellender, Yulian Gressel, Matias Roxas, Nikolas Freyre va David Martinesdek ko‘pni ko‘rgan futbolchilar ham bor. Boshida barcha yigitlar yulduzli to‘rtlik bilan birga shug‘ullanishda qiynalishgani rost. Muhimi, ular bor mas’u­liyatni o‘z zimmalariga olishdi, qolganlarni asta-sekin ortlaridan ergashtirishdi. Menimcha, ayni shu yondashuv muvaffaqiyatlarimiz kalitiga aylandi.

- Buning uchun shaxsan siz qanday choralarni qo‘lladingiz?

- Mavsum boshida jamoaviy yig‘ilishdayoq barcha futbolchilardan tayyorgarlik jarayoniga maksimal e’tibor qaratishni talab qilgandim. Chunki yil davomida shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, birdaniga 7-8 nafar futbolchi xizmatidan foydalanolmasligingiz mumkin. Shunday ekan, har bir futbolchi hamisha tayyor turishi, kimdir safdan chiqsa, uning o‘rnini bemalol bosishi kerak. Ha, 4-5 oy davomida maydonga tushmagan zaxira vakili oldiga bunday talab qo‘yish biroz g‘alati tuyuladi, biroq ishimiz shunday. Oddiy aytganda, futbolchilarga nisbatan talabim hech qachon o‘zgarmaydi. Xayriyatki, hozircha ushbu yondashuv ish bermoqda. Har holda, nafaqat yaxlit jamoa, balki raqobatbardosh tarkib yaratishni uddaladik.

- Messi, Suares, Buskets va Alba jamoada ishonchni mustahkamlashda qanday rolga egalar?

- Gap nafaqat o‘yin, balki xarakter jihatidan butunlay boshqa-boshqa toifaga mansub futbolchilar haqida ketmoqda. Deylik, biri ma’lum bir nuqtada o‘z so‘zlari bilan jamoadoshlarini bosh­qarishi mumkin, boshqasi futbolcha harakati vositasida sheriklariga ta’sir o‘tkazadi. Yana biri esa bunday ta’sir uchun o‘z shaxsiyatidan foydalanadi. Agar ularning kichik guruhlarga bo‘linib o‘tkazadigan mashg‘ulotlarda qanday jon kuydirib ishlashlarini ko‘rsangiz, jamoaga ta’sir kuchlari naqadar katta ekanligini darhol anglab yetasiz.

- Sizningcha, hozirda Luis Suaresning qaysi versiyasini ko‘ryapmiz?

- Oldingi va hozirgi Suaresni o‘zaro taqqoslay olmayman, chunki u ayni payt butunlay boshqa ligada o‘ynamoqda. Xususan, oldingi va hozirgi raqiblari o‘rtasida ham katta farq bor. Umuman, Luis mashg‘ulotlarda doimgidek faol qatnashmoqda, shuning  uchun uning o‘yin­laridan ortiqcha ajablanmayapman. Misol uchun, Mayamiga kelganidan keyingi davrni olsak, oxirgi 2 oyda eng yaxshi sport formasida bo‘lib turibdi. Muhimi, barchasi tabiiy ravishda kuzatilayotgan jarayondir. Suares shu qadar yaxshi holatdaki, tizzasi bilan bog‘liq doimiy muammo ham chekindi, go‘yo. «Sinsinatti» bilan o‘yinda to‘pni ko‘kragi vositasida nazorat qilgan holda urgan golining o‘zi u oxirgi 15 yillikda eng yaxshi hujumchilar qatorida bejiz yurmaganidan dalolat.

- Messi bilan oldin ham birga ishlagansiz. Leo hozirda jarohatlar va klubdagi mas’uliyatini qanday nazorat qilyapti?

- Ha, Leo terma jamoadan jarohat bilan qaytdi, maydonga tushganiga ham ancha bo‘ldi. Asosiysi, u klubda bo‘lgan vaqti hamisha bor kuchi bilan shug‘ullanadi, eng yuqori darajadagi raqobatni namo­yish etadi. Buni hamma ko‘rib turibdi. Messining o‘ziga xosligi sezilmaydigan jamoa butun dunyoda yo‘q. Leo maydonda ekan, bor kuchi bilan o‘ynaydi. Butsalarini qachon mixga ilish masalasini esa yolg‘iz o‘zi hal qiladi. Muxlislar Messini maydonda ko‘proq ko‘rishni qanchalik xohlashmasin, faoliyatini yakunlash qaroriga tobora oz qolayotganini o‘ylasam, tashvishga tushaman. Lekin hamma bilishi kerakki, so‘nggi kun eshik qoqqunigacha Messining klubga borini berishi va to‘liq kuch bilan harakatlanishi aniq.

- Sizga «Atlanta Yunay­ted»dagi hamkorlikdan yaxshi tanish Yulian Gressel assistlar soni bo‘yicha Messidan keyin 2-o‘rinda ketmoqda. Uning jamoaga ta’siri qanday?

- «Atlanta Yunayted»da men bilan ishlagan murabbiy nuqul bir gapni takrorlayveradi: «Kouch, agar Yulian maydonda bo‘lsa, ikki hissa yaxshi o‘ynaymiz». Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Zero, u maydonning har bir qarichida muammoga yechim topib beradigan futbolchi. 

- «Inter Mayami»da taktik falsafangiz nechog‘li o‘zgardi?

- Shtabimiz bilan yillar davomida asoslangan o‘yin chizmasidan og‘ishganimiz yo‘q, lekin tarkibda 4 nafar megayulduz borligi ma’lum bir o‘zgarishlarga qo‘l urishimizni taqozo etdi. Hozir raqibga qarab, uslub tanlayapmiz, ya’ni muayyan chizmaga yopishib olayotganimiz yo‘q. Ixtiyorimizdagi futbolchilardan kelib chiqib, ba’zan chuqur himoyalanish taktikasini qo‘llayapmiz, gohida yuqori pressingdan foydalanish imkoni bo‘lmayapti. Asosiysi, ayni ish uslubi jamoamizning elastiklik fazilatini oshirishda qo‘l kelmoqda.

- Oxirgi savol: qo‘l ostingizdagilar bilan ishlashda qattiqqo‘lmisiz yoki...?

- Zolim rahbar bo‘lish men uchun emas. Murabbiy futbolchilarga nisbatan ba’zan jiddiy, gohida hazilkash bo‘lishi kerak. Shunday ish tutingki, shogirdlaringiz siz bilan erkin gaplashish mumkinligini tushunishsin. Shuning barobarida aytganlaringizni so‘zsiz bajarish shartligini ham unutishmasin. Oddiy aytganda, futbolchilar jamoada hamma birdek rioya etishi zarur sanalgan me’yorlar borligini anglashlari shart. Yana har ikki tomon o‘zaro munosabatda kesib o‘tish taqiqlangan chegara borligini unutmasa yaxshi bo‘ladi.

M. PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 22.09.2024.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.