Xavi o‘tgan yozdan beri ishsiz. U 2021 yilning 6 noyabridan 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha "Barselona"ni boshqargan.
Klub afsonasi boshchiligida kataloniyaliklar 2022/23 yilgi mavsumda liga va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqishdi. "Barselona"ga qaytishdan oldin Xavi Qatarning "As-Sadd" jamoasida ishlagan va u yerda ham muvaffaqiyatga erishgan.
Xavi "blaugrana" bilan xayrlashganidan keyin internetda uning bo‘lajak ish joyi haqidagi bahs-munozaralar va mish-mishlar tinmayapti. Aftidan, endi ispaniyalikning rafiqasi Nuriya olovga yog‘ sepdo. U Instagram'da o‘g‘li Xavining yonida “Manchester Yunayted” futbolkasini kiygan suratni joylashtirdi.
Erik ten Xagning ingliz klubidagi kelajagi so‘roq ostida qolyapti. 9 turdan keyin "Manchester Yunayted" atigi 11 ochko jamg‘arib, APLda atigi 14-o‘rinni egallab turibdi.