Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Stoykovich Shveysariyaga (1:1) qarshi o‘yindagi durang haqida gapirdi.
"Bu juda qiziqarli va dramatik o‘yin bo‘ldi. Shveysariyada ajoyib jamoa bor, ular ko‘plab xavfli daqiqalarni yaratishdi.
Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ham bo‘ldi. O‘yinga qaytish nihoyatda qiyin bo‘ldi, ammo xarakter va o‘ziga bo‘lgan ishonch bizga durang natijani qo‘lga kiritishimizga yordam berdi", - deya Stoykovichning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.