Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sarri: "Chelsi"da qolishim mumkin edi"

Sarri: "Chelsi"da qolishim mumkin edi"

Baho:
+ | -

Italiyalik mutaxassis Maurisio Sarri yana "Chelsi"ni qanday tark etganini esladi.

Murabbiy Angliyada bor-yo‘g‘i bir mavsum (2018/19) o‘tkazdi, shundan so‘ng "Yuventus" taklifini qabul qilib, vataniga qaytdi.

"Men "Chelsi"da qolishim mumkin edi. Men Italiyaga qaytmoqchi edim, chunki "Chelsi"dagi vaziyat oson emasdi. Men Abramovich bilan kamdan-kam aloqa qilardim, klubda sport direktori yo‘q edi, lekin mening ketish qarorim baribir xato edi. Qolganimiz ma’qul edi.

Biz APLda uchinchi o‘rinni egalladik, Liga kubogi finaliga chiqdik va Yevropa ligasida g‘olib chiqdik. Jamoa ko‘plab yaxshi o‘yinlarni o‘tkazdi. Albatta, "Manchester Siti" va "Bornmut" bilan bo‘lgan kabi halokatlar ham bo‘lgan, ammo agar biz to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsak, demak, mening futbolim yomon ishlamagan," - dedi Sarri Sun Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:50, 01.12.2024.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик