Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom Husniddin Ato va shogirdlarining “Bir maktab - turfa nigoh” deb nomlangan fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, Vatanimiz sporti tarixida eng olamshumul natijalar qayd etilgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi unutilmas lahzalar aks etgan fotosuratlar ham ushbu fotoko‘rgazmadan joy olgan.
Fotoko‘rgazma 18-dekabrga qadar davom etadi.