Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Xoland: 90 yillik rekordga zarba!

Xoland: 90 yillik rekordga zarba!

Baho:
+ | -

Erling Xoland atigi 24 yoshida Norvegiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘p­urarga aylanib oldi.

U 1934 yildan buyon «qimirlamay» kelgan rekordni qulatdi. Yevropa Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Sloveniya termasiga qarshi bahsda «dubl»ga erishgan «mahluq» avvaliga Norvegiya termasi tarixidagi eng yaxshi goleadorga tenglashdi, keyin undan o‘zib ketdi. Mamlakat bosh jamoasi libosidagi atigi 36ta o‘yinda 34ta gol - bu buyuk to‘purarlikdan kichik tasvir!

Erling Xoland rekord marrasi sari yurishda atigi 5 yildan sal ko‘proq vaqt sarfladi. Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» hujumchisi Norvegiya termasidagi debyutini 2019 yilning sentyabr oyida nishonlagandi. To‘g‘ri, u bu oraliqda mamlakat bosh jamoasi bilan biror katta turnirga borgani yo‘q, lekin YEML, JCH|ECH saralashi va rasmiy o‘rtoqlik o‘yinlarida juda samarali harakatlandi. Raqamlarda aytsak, 34ta gol uchun maydonda jami 2905 daqiqa to‘p surdi. Rekord marrasiga qadar Erling terma jamoa safida o‘rtacha hisobda har 85 daqiqada 1ta gol hosil qildi. Qarang, 1ta o‘yin vaqtidan ozroq muddatda 1ta gol. Fantastika. Taqqoslash uchun keltirsak, Rossiya milliy jamoasining bosh to‘purarlari - Artyom Dzyuba va Aleksandr Kerjakov hisobida 30tadan gol bor. Ular buning uchun tegishlicha 55 va 90ta o‘yin sarflashgan. Jahon milliy jamoalari to‘purarlari reytingi yetakchisi Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya milliy jamoasi rekordchisi Pedru Pauleta («PSJ» afsonasi 29 yoshida 47ta golga ega edi)dan o‘zib ketish yo‘lida naq 110ta o‘yinda maydonga tushgan. Lionel Messi  bo‘lsa, Argentina terma jamoasi libosidagi 112-o‘yinida Gabriel Batistuta rekordi (56ta gol)ni yangilagan. Leo o‘shanda 29 yoshda edi.

Yana bir ajablanarli tomoni, Norvegiya terma jamoasi rekordi deylik, Ole-Gunnar Sulsher yoki Jon Karyuga emas, hatto Ture-Andre Fluga ham tegishli emasdi. Diqqat qiling, o‘tgan asrning 30-yillarida o‘ynagan Yorgen Yuve bosh to‘purar maqomida juda uzoq yurdi. Kamtarin «Lyun» klubi sobiq hujumchisining Norvegiya termasidagi yakuniy statistikasi: 45ta o‘yinda 33ta gol. Lekin u 33ta gol marrasini Erling Xoland sur’atidan ham tezroq zabt etgan - aynan 5 yil ichidagi atigi 30ta o‘yinda. Yuve o‘sha davrning eng yaxshi hujumchilaridan biri va shunchaki, o‘ta iste’dodli inson sanalgan. Har holda, u Bazelda mahalliy jamoa sharafini 1 yil himoya qilish asnosida huquqshunoslik bo‘yicha o‘qigan, faoliyatini esa 32 yoshida yakunlab, keyinchalik sport jurnalistikasi bilan shug‘ullangan. Yorgen Yuve Myunxen Olimpiadasiga terma jamoa sardori (bronza medali sovrindori bo‘lgan) va jurnalist sifatida borgan, ikkinchi jahon urushida qatnashgan va 1948 yili 2 haftacha «Molde» klubini boshqargan. Mana, Yuve rekordi 90 yil saqlanib turdi, hatto Yorgenning o‘zidan 41 yil ko‘p umr ko‘rdi. Erling Xoland esa atigi 5 yilda shunday «abadiy» natijani yo‘qqa chiqardi.

Izoh: Erling Xoland noyabr oyida Yevropa Millatlar ligasi 5-6-turlaridan o‘rin olgan 2ta o‘yinda yana 4ta gol urib, o‘ziga tegishli rekordni 4 marta yangiladi. Xullas, 24 yoshli futbolchi buyog‘iga har bir goli bilan Norvegiya terma jamoasi rekordini yangilab boraveradi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 17.12.2024.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.