Karlo Anchelotti Vinisius Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tadimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berdi.
Avvalroq "Real" braziliyalik vinger uchun rekord darajadagi 350 million yevro tovon puli taklifi olgani ma’lum bo‘lgandi.
- Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, Vinisius "Real"da baxtli. U "Real Madrid"da tarix yozmoqchi.
- Agar u Saudiya Arabistoni taklifini ko‘rib chiqsa, tushunasizmi?
- Bu savolni futbolchiga berish kerak.
Ko‘rganlarimni aytishim mumkin - u tarix yaratayotgan baxtli futbolchi va qolishni istaydi, dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.













