"PSJ" Fransiya chempionatida mag‘lub bo‘lmayapti.
Luis Enrike shogirdlari Liga 1 19-turida "Reyms" bilan durang o‘ynadi (1:1).
Parij klubi joriy chempionatda mag‘lub bo‘lmagan - 14 g‘alaba va 5 durang. "PSJ" top-5 ligadan hozirgacha yengilmagan yagona klubdir.
Jamoa 47 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Marsel" 10 ochkoga ortda qolmoqda.
Keyingi turda "PSJ" safarda "Brest"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.













