Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Sedrik Soaresh faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 33 yoshli qanot himoyachisi "San-Paulu" safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Portugaliyalik futbolchining so‘nggi klubi "Arsenal" hisoblanadi. U o‘tgan yozda klubni erkin agent sifatida tark etgan.













