Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxo bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Arauxo bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning urugvaylik himoyachisi Ronald Arauxo qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi "Sevilya"ga qarshi o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida (4:1) jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Arauxo bugun ko‘rikdan o‘tadi, to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli qancha vaqt maydonga tusha olmasligi aniq bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Arauxo barcha turnirlarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. "Barselona"ning navbatdagi o‘yini 17 fevral kuni "Rayo Valyekano"ga qarshi bo‘ladi.

Kiritildi: 14:40, 10.02.2025.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик