"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo kecha "Sevilya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
26 yoshli futbolchi bugun klub qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Jerar Romero xabariga ko‘ra, Arauxoda jiddiy jarohat aniqlanmagan. U kelasi hafta "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yingacha tiklanishi mumkin.













