Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Andijon» «Zenit» yoshlari bilan durang o‘ynadi

«Andijon» «Zenit» yoshlari bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi Antaliya yig‘inidagi oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini Rossiyaning «Zenit»-2 jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Antaliyadagi SB arenasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ancha qiziqarli va hujumlarga boy tarzda o‘tdi. Jamoamiz o‘yin mobaynida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdi hamda raqib darvozasi oldida golga tortadigan imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Aytish lozimki, o‘yin sur’ati juda yaxshi kechdi va futbolchilarimiz ancha barqaror o‘yin ko‘rsatdilar.

Hujumlarning birida Muhammadkarim Toirovning pasidan so‘ng Bektemir Abdumannonov o‘z qanotidan katta tezlikda oldinga o‘tib, himoyachilarni ortda qoldirdi va «Zenit»-2 posboni bilan birga-bir vaziyatda ustalik bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limda jamoamiz raqibni murakkab vaziyatlarga solib qo‘ydi. Ayniqsa, Usmonali Ismonaliyev bir necha bor o‘zining xavfli zarbalari bilan darvozabonga muammolar tug‘dirdi. Ba’zida rossiyalik posbon, ba’zida esa darvoza ustuni ularga yordam berdi. Shu bilan birga jamoamiz darvozabonlari Valijon Rahimov birinchi bo‘limda va Eldor Adhamov ikkinchi bo‘limda seyvlarini namoyish qilib, o‘z tajribalarini namoyish qildilar.

«Zenit»-2 futbolchisi Maksim Xoxlov uchrashuv oxirlariga yaqin o‘zi uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalanib hisobni tenglashtirdi. Albatta, ikkinchi bo‘limda ham jamoamizda yana golli vaziyatlar yuz berdi. Faqat omad kulib boqmadi. Masalan, Farhod Sohibjonovning xavfli zarbasini darvozabon arang qaytarib yubordi. Bahs esa 1:1 hisobida yakun topdi.

Shuningdek, Rossiya futbolining afsonalaridan biri, «Zenit» klubining sobiq yulduzi Andrey Arshavin uchrashuvni bevosita stadionda kuzatib bordi. U hozirda «Zenit» klubi boshqaruv raisining sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga Arshavin «Zenit» akademiyasi va «Zenit»-2 jamoasi bilan ham yaqindan ishlab kelmoqda.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:40, 25.02.2025.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.