Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

“Real” ikkita tarixiy natija qayd etdi

“Real” ikkita tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Atletiko”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Javob uchrashuvida “qirollik klubi” 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi, biroq umumiy hisobda (2:2) tenglik saqlanganligi sababli, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. “Real” unda 4:2 hisobida zafar quchdi. Bu g‘alaba orqali “qaymoqranglilar” ikkita tarixiy natija qayd etdi.

Squawka nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Real” Chempionlar Ligasi tarixida penaltilar seriyasida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan klubga aylandi. “Atletiko” ustidan qozonilgan g‘alaba ularning musobaqa doirasidagi to‘rtinchi penaltilar seriyasidagi g‘alabasi sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, jurnalist Pedro Martinning xabariga ko‘ra, “Real” Chempionlar Ligasi chorak finaliga 40-marta yo‘l oldi va bu borada ham mutlaq rekord o‘rnatdi. Undan keyingi o‘rinlarda “Bavariya” (34 marta) va “Barselona” (24 marta) joylashgan.

Karlo Anchelotti shogirdlari yarim final yo‘llanmasi uchun Londonning “Arsenal” klubi bilan kurash olib boradi. Ushbu bahslar 9 va 27-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:10, 13.03.2025.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик