"Arsenal" "Real"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va jamoalar keyingi hafta Madridda javob o‘yinini o‘tkazishadi.
"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetadan "Brentford"ga qarshi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan APL o‘yinida ba’zi o‘yinchilarga dam berish mumkinmi, deb so‘rashdi.
"Har uch kunda turli musobaqalarda, eng katta stadionlarda o‘ynash odatiy hol. Agar biz har qanday o‘yinda g‘alaba qozona oladigan jamoaga aylanishni istasak, ssenariy qanday bo‘lishidan qat’i nazar, buni har uch kunda qilishimiz kerak" - dedi Arteta juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
"Arsenal" - "Brentford" uchrashuvi 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.