Bu voqeadan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib Paulo Fonseka va "Lion" portugaliyalik mutaxassisni 9 oyga diskvalifikasiya qilish qarori ustidan shikoyat qilishga qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Fonseka "Reyms"ga qarshi o‘yinda hakam bilan tortishib qolgandi. Keyin u qizil kartochka oldi, ammo keyin unga qo‘shimcha ravishda Federasiya tomonidan qattiq jazo berildi.
Fonsekaning apellyasiyasi 6 may kuni bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng uning jazosi qisqartiriladimi yoki boshidan oxirigacha o‘taydimi, shunda aniq bo‘ladi. "Lion" chempionat jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.