Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tomas Myullerga Italiyaning qaysi jamoasi qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi

Tomas Myullerga Italiyaning qaysi jamoasi qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Germaniya futboli afsonasi Tomas Myullerning mavsum yakunlanganidan keyingi taqdiri mavhumligicha qolmoqda. BILD xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchining xizmatlariga A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda, ulardan biri "Fiorentina" bo‘lib turibdi.

Shuningdek, variantlar orasida MLSga ko‘chib o‘tish ham bor. Myullerga bir vaqtning o‘zida bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda: "San-Diyego," "Sinsinnati," "Chikago Fayr," "LA Gelleksi" va "Nyu-York Red Bullz." Bunday qadam, ayniqsa, "Bavariya" yozda AQSHda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etganidan keyin dolzarb bo‘lishi mumkin. Biroq, shuhratparast Myuller hali ham Yevropada eng yuqori saviyada o‘ynashga intilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Myuller joriy mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 6 ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:04, 16.04.2025.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик