Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn: "Ajoyib tuyg‘u"

Keyn: "Ajoyib tuyg‘u"

Baho:
+ | -

Xarri Keyn o‘zining birinchi sovrinini qo‘lga kiritganidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kecha "Bavariya"ga kumush salat idishi topshirildi - "Borussiya" Myonxengladbaxga qarshi mavsumning so‘nggi uy o‘yinidan so‘ng (2:0). Avvalroq myunxenliklar 34-marta muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Bu 31 yoshli Xarri Keynning faoliyatidagi ilk sovrindir.

"Ajoyib tuyg‘u. Bu uzoq yo‘l edi. Muxlislar bilan birga nishonlash uchun bunday lahzalar uchun ko‘p mehnat va qurbonlar kerak.

Umid qilamanki, bu ko‘p sovrinlar orasida birinchi o‘lja. Bizda ajoyib jamoa va ajoyib murabbiy bor," - dedi "Bavariya" forvardi.

Kiritildi: 05:25, 11.05.2025.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик