Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Klublar tahlilchilarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi

Klublar tahlilchilarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, joriy yilning 29-31 may sanalarida Superliga va Proliga klublari, shuningdek, bir qator mustaqil izlanuvchilar uchun Futbol tahlilchilarini rivojlantirish o‘quv-seminari tashkil etildi.

Rossiyaning SSKA klubi seleksiya bo‘limi xodimi, futbol tahlilchiligi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Aleksey Shamin tomonidan o‘tilgan seminarda bugungi kun futbolidagi ixtisoslashgan tahlil va tahlilchilarning jamoaning rivojlanishidagi o‘rni, zamonaviy texnologiyalarning sohaga ta’siri hamda ulardan unumli foydalanish usullari haqida qatnashchilarga zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi va Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tez orada ushbu seminar yakuniga ko‘ra unda faol ishtirok etgan tahlilchilarga maxsus sertifikat taqdim etadi. Ushbu sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5887-sonli Farmoni va OFKning yangilangan lisenziyalash talablarini bajarishda asos vazifasini o‘taydi hamda kelgusi lisenziyalash mavsumida Professional klublardan mana shu darajadagi sertifikatga ega tahlilchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:56, 01.06.2025.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик