Hozirda erkin agent bo‘lib turgan Pol Pogba AQSHda formasini tiklash uchun yakka tartibda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
32 yoshli fransiyalik futbolchi kecha ijtimoiy tarmoqlariga "Real" libosidagi suratini joyladi - bu uning "qirollik klubi"ga o‘tishini anglatmaydi, chunki ispan grandi unga qiziqish bildirayotgani yo‘q.

Pogbaga hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubidan qiziqish bor.













