Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 0-1 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 1-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Manchester Siti" klubi xo‘jayinlari O‘zbekistondan yangi klub sotib olmoqchi

"Manchester Siti" klubi xo‘jayinlari O‘zbekistondan yangi klub sotib olmoqchi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Manchester Siti"ga egalik qiluvchi City Footbaal Group kompaniyasi o‘zining 13-klubini sotib olish harakatida yuribdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ma’lum qildi.

Umarovga ko‘ra, ayni vaqtda klub rahbariyati O‘zbekiston klubini sotib olishga qiziqish bildirgan. Avgust oyida Angliyada yangi mavsum boshlanganida O‘zbekiston tomoni va City Footbaal Group mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Hozircha, CFG aynan qaysi klubni sotib olishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, CFG kompaniyasi hozirga qadar "Manchester Siti"dan tashqari Ispaniyaning "Jirona", Italiyaning "Palermo", Fransiyaning "Trua", Belgiyaning "Lommel", AQSHning "Nyu York Siti", Yaponiyaning "Yokogama Marinos", Hindistonning "Mumbay Siti", Avstraliyaning "Melburn", Xitoyning "Shengjen Pen Siti", Urugvayning "Montevideo Siti" jamoalari egasi hisoblanadi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tadi.

U aynan qaysi o‘zbek futbolchisi "shaharliklar" safiga borib qo‘shilishiga oydinlik kiritmagan.

Kiritildi: 15:21, 27.06.2025.
O'qildi: 5370 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик