Hujumkor yarim himoyachi Rafinya ispaniyalik Niko Uilyamsning Kataloniyaning "Barselona" klubiga transferi borasida fikr bildirdi.
"Niko - yuqori darajadagi futbolchi. Klub uning transferini rasmiylashtirmoqchi ekanligi ajablanarli emas. U allaqachon Ispaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Biz jamoada klub manfaati uchun ishlaydigan har qanday o‘yinchini olqishlaymiz," - deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Globo.













