Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xabi Alonso Bellingem yo‘qligida "Real" yarim himoya chizig‘ida kimlar harakat qilishini aniqlab oldi

Xabi Alonso Bellingem yo‘qligida "Real" yarim himoya chizig‘ida kimlar harakat qilishini aniqlab oldi

Baho:
+-1 | -

Xabi Alonso Jud Bellingem yo‘qligida "Real"ning yarim himoya chizig‘idagi o‘yinini o‘zgartiradi.

Inglizning yelkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, uning tiklanishi uchun 10 haftadan 12 haftagacha vaqt ketadi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra madridliklar bosh murabbiyi asosiy tarkibda Arda Gyuler va Franko Mastantuononi birga o‘ynatishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, turkiyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida doimiy ravishda asosiy tarkibda o‘ynay olishini isbotlagan va murabbiylar shtabi uni qo‘llab-quvvatlamoqchi.

Alonso argentinalik futbolchini ikkinchi markaziy yarim himoyachi sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, futbolchi faqat 14 avgust kuni - 18 yoshga to‘lgan kuni jamoaga qo‘shila oladi. Biroq uning moslashuvi uzoq davom etmasligi kutilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, La Liganing dastlabki o‘yinlarida Eduardo Kamavinga maydonga tushadi. G‘oya Gyulerni hujumga yaqinroq qo‘yish va maydon markazini fransuzga topshirishdan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, Braim Dias va ayniqsa Rodrigo asosiy tarkibda maydonga tushish uchun juda kam imkoniyatga ega ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 18:24, 17.07.2025.
O'qildi: 4355 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик