Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Manchester Yunayted» Antoni transferi uchun «Betis» taklifini qabul qildi

«Manchester Yunayted» Antoni transferi uchun «Betis» taklifini qabul qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va «Betis» braziliyalik hujumchi Antonining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Ispaniya klubi uning uchun 25 mln funt (28,7 mln yevro) to‘laydi.

Shu bilan birga, «qizil iblislar» vingerning kelgusi transferi amalga oshsa, 50% ulush oladi. Hozircha Antoni «Betis» bilan shaxsiy shartlari bo‘yicha kelishib olishi lozim. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoq X sahifasida xabar berdi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida hujumchi «Betis» safida ijara asosida harakat qilgan edi. U shu muddat ichida turli musobaqalarda 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Antonining bozor narxi 35 mln yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:19, 30.08.2025.
O'qildi: 1173 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик