Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Maksim Shaskix: «Bu yerga durang uchun kelganimiz yo‘q, g‘alaba uchun o‘ynaymiz»

Maksim Shaskix: «Bu yerga durang uchun kelganimiz yo‘q, g‘alaba uchun o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

OCHL 2 «B» guruhidagi «Arkadag‘» — «Andijon» uchrashuvi oldidan bugun stadionda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shaskix hamda darvozabonimiz Erjan Tokotayev ishtirok etishdi.

— Savolim Erjan Tokotayevga. Siz yaqinda Qirg‘iziston terma jamoasi safida CAFA musobaqasida qatnashdingiz va jarohat oldingiz. Holatingiz qanday? Ertangi uchrashuvga tayyormisiz?

— Birinchi navbatda qayg‘urganingiz uchun rahmat. Jarohatdan so‘ng davolanib oldim. Hozirgi paytda bahsga tayyorman.

— Savol Erjan Tokotayevga. Siz u yerda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘ynadingiz. Raqibni o‘ziga yarasha bildingiz. Shunday ekan, uchrashuvdan avval qandaydir bosim yo‘qmi?

— Hech qanday bosim yo‘q. Albatta, qiziqarli jamoa, o‘zining kuchli tomonlari bor. Xalqaro katta tajribaga ega jamoa. Shuning uchun bizni qiziqarli bahs kutyapti. Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo‘rqmaymiz.

— Savol Maksim Shaskixga. Siz ilgari «Paxtakor» bilan turkman jamoalariga qarshi ishtirok etgansiz va o‘zaro o‘yinlarda tajribangiz bor. Masalan, durang bo‘lgandi. «Arkadag‘» yangi tashkil etilgan jamoa. OFK “Chaqiriq Kubogi”ni ham yutdi. Bu klubni kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandingizmi?

— Birinchi navbatda hammaga xayrli kech. Biz jamoa xaqida maksimal ma’lumot olishga erishdik. SAFA turniri orqali hamma o‘yinlarini tahlil qildik. Jamoani o‘tgan yilgi “Chaqiriq Kubogi”dagi yarim final va final o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Bizda tahlil qilish uchun yetarli vaqt bo‘ldi. Guruhdagi birinchi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga biz Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘ynashimizni tushinib turibmiz. Termaning 99 foiz o‘yinchilari «Arkadag‘» jamoasi o‘yinchilari sanaladi. Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorlandik. Aksiga olib biz bu turnirda yangimiz. O‘ylaymanki, ertaga qiziqarli va jiddiy o‘yin bo‘ladi. Tezkor va tartibli o‘yin namoyish etamiz, deb umid qilaman. Asosiysi, natija. Biz bu yerga durang uchun kelganimiz yo‘q, tabiiyki, g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

— Maksim Aleksandrovich, jamoangizning hozirgi holati qanday?

— Hammasi yaxshi. Parvozimiz ham yaxshi bo‘ldi. O‘yinga qilgan rejamizni amalga oshiramiz, albatta.

— «Andijon» OCHL 2 da yangi jamoa. «Arkadag‘» ham debyutini o‘tkazadi. Guruhdagi jamoalarning imkoniyati haqida nima deya olasiz?

— O‘ylaymanki, to‘rtala jamoaning vazifasi guruhdan chiqish. Hech kim buni yashirmaydi. Bizda ham shu maqsad. Ertagalik o‘yin orqali maqsad sari oldinga boramiz.

— Eshitishimizcha, «Andijon» tarkib masalasidagi ishlarini hali to‘liq yakunlamagan va tarkib kuchaytirilishi kutilmoqda ekan...

— Rejamiz bor, hali hech narsa ayta olmayman. Lekin hozir ham izlanishdamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:46, 16.09.2025.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик