Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Mbappe Chempionlar Ligasida gollar soni bo‘yicha Myullerga yetib oldi

Mbappe Chempionlar Ligasida gollar soni bo‘yicha Myullerga yetib oldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlarga yaqinlashdi.

Fransiyalik futbolchi "Marsel"ga qarshi umumiy bosqich 1-turida penaltini 2 marta aniq amalga oshirdi - 29 va 81-daqiqalarda. Endi 26 yoshli futbolchi faoliyatidagi eng nufuzli yevrokubokda 57 ta gol urdi - u bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Bavariya"ning sobiq forvardi Tomas Myullerga yetib oldi. Ahamiyatlisi, Mbappe bu borada ancha kam o‘yin o‘tkazgan - 88 ta. Myullerda - 163 ta.

Faqatgina Raul (71), Karim Benzema (90), Robert Levandovski (105), Lionel Messi (129) va Krishtianu Ronaldu (140) Chempionlar Ligasida gollar soni bo‘yicha "qaymoqranglilar"ning hozirgi yulduzini ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 07:54, 17.09.2025.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик