Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pogba dubl qayd etgan Fatiga murojaat qildi

Pogba dubl qayd etgan Fatiga murojaat qildi

Baho:
+ | -

"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba Liga 1 doirasidagi "Mets"ga (5:2) qarshi o‘yindan so‘ng jamoadoshi Ansu Fatiga murojaat qildi.

Ispaniyalik vinger uchrashuv qahramoniga aylandi: u ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin zaxiradan maydonga tushdi, tabloda 1:1 hisobi edi va bir daqiqa o‘tar-o‘tmas darvozani ishg‘ol qildi. 83-daqiqada "Barselona" tarbiyalanuvchisi dublni rasmiylashtirdi.

"Uka, aytdim-ku. Ikkinchi bo‘limda chiqib, ikkita gol urishingni bilardim. Undan so‘rang, men shunday dedim. Men buni bilardim, og‘ayni", - deya Pogbaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

"Monako" joriy mavsum oldidan Ansu Fatini "Barselona"dan ijaraga oldi. "Bryugge"ga qarshi kechgan so‘nggi bahsda 22 yoshli futbolchi jamoa safidagi debyutida gol urgan edi.

Kiritildi: 07:55, 22.09.2025.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик