Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono jamoadoshi Jud Bellingemni maqtadi.
Seshanba kuni 18 yoshli argentinalik futbolchi "Levante"ga qarshi o‘yinda (4:1) "Los Blankos" safidagi ilk golini urdi.
"Jud aql bovar qilmaydigan o‘yinchi, betakror. U menda katta taassurot qoldirdi. Unga o‘xshagan futbolchilarni hech qachon ko‘rmaganman. U ajoyib yetakchilik fazilatlariga ega, ular maydondan tashqarida ko‘zga tashlanadi. Bellingem bizga katta yordam beradi", - dedi Mastantuono o‘yindan keyingi intervyusida.













