"Real" himoyachisi Eder Militao qanday jarohat olgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi jarohati sabab "Atletiko" bilan derbini (2:5) yakunlay olmadi.
Jurnalist Serxio Kirantening ta’kidlashicha, Militao to‘pig‘idan og‘ir jarohat olishdan qutulib qolgan. Manbaga ko‘ra, himoyachi ikki-uch kundan keyin safga qaytadi.
Joriy mavsumda 27 yoshli Militao barcha turnirlarda oltita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













