Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Rasman. O‘zbekiston terma jamoasi Kuvayt bilan o‘ynaydi

Rasman. O‘zbekiston terma jamoasi Kuvayt bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Kuvayt milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda Kuvayt futbol assosiasiyasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘yin 9 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Hozircha o‘yinning boshlanish vaqti hamda stadion haqida aniq ma’lumotlar e’lon qilinmagan.


O‘zbekiston terma jamoasi hozirga qadar Kuvaytga qarshi 6 bor maydonga tushgan. Ularning 3 tasida g‘alaba qozongan, 1 uchrashuvda durang qayd etilgan, qolgan 2 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bahs 2012-yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda “oq bo‘rilar” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. To‘plar farqi O‘zbekiston foydasiga 13-7.

31 iyuldan beri Kuvayt terma jamoasini portugaliyalik mutaxassis Eliyu Souza boshqarmoqda. Mutaxassis ilgari Portugaliyaning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarida, shuningdek Bahrayn terma jamoasi va “Qatar SK” klubida faoliyat yuritgan.

Kuvayt milliy jamoasi oxirgi o‘yinni Suriyaga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan. Jamoa jahon chempionati saralashining 3-bosqichida 5 ochko bilan guruhda qolib ketgan edi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Kuvayt terma jamoasining umumiy qiymati 6,05 million yevroni tashkil etadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Eyd al-Rashidi bo‘lib, uning qiymati 350 ming yevro atrofida. Hozirda Kuvayt FIFA reytingida 135-o‘rinda turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:08, 01.10.2025.
O'qildi: 2743 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик