Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Real" hujumchisi Endrik uchun asosiy da’vogar klub nomi ma’lum bo‘ldi

"Real" hujumchisi Endrik uchun asosiy da’vogar klub nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Endrik qishki transferlar davrida qayerga yo‘l olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, "qaymoqranglilar" o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagan braziliyalik yosh futbolchini qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Mark Brusning ta’kidlashicha, Endrikni qo‘lga kiritish uchun "Real Sosyedad" favorit bo‘lib turibdi, uning Madrid klubi bosslari bilan munosabatlari juda yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Endrik joriy mavsum bir daqiqa ham maydonda harakat qilmadi. Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, forvardning narxi 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:01, 22.10.2025.
O'qildi: 3077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик