Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal nomzod topdi

“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal nomzod topdi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar nigeriyalik forvardni Robert Levandovski uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Barselona” rahbariyati 2024-yilda ham Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan edi, biroq mazkur transfer noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmagan.

Endi esa kataloniyaliklar yana nigeriyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Lekin transfer uchun asosiy to‘siq futbolchining juda yuqori narxi bo‘lib turibdi. “Galatasaroy” 26 yoshli hujumchini o‘tgan yozda 75 million yevroga xarid qilgan va uni bundan arzon narxda sotish niyatida emas.

Avvalroq OAVda “Barselona” “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, kataloniyaliklar “Atletiko”ning argentinalik futbolchisi Xulian Alvares nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Osimxen joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali nigeriyalik futbolchining qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:00, 31.10.2025.
O'qildi: 5399 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.