"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya kubogi doirasida Berlinning "Union" klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 1/8 final o‘yini 3:2 hisobida yakunlandi.
"O‘ylaymanki, birinchi bo‘limda ko‘p narsani to‘g‘ri bajardik. Ikkinchi bo‘lim kurashlarga boy bo‘ldi. Standart vaziyatlardan yaxshi himoyalandik, penaltidan omadimiz kelmadi. Men uchun bu penalti emasdi. Uning qo‘li va raqibining qo‘li bir xil holatda edi. Shu tarzda to‘pga borganingda penalti bo‘lmasligi kerak. Men sobiq himoyachiman va bunday holatlar bilan tanishman.
Umid qilamanki, biz shu ruhda davom etamiz va Berlinga [finalga] qaytamiz. Bunday o‘yinlar - yo‘lning bir qismi", dedi Kompani.
Turnirning keyingi bosqichiga qur’a tashlash marosimi 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.













