Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Harri Keyn jamoaning Germaniya kubogi chorak finaliga chiqishi haqida fikr bildirdi. Vensan Kompani shogirdlari 1/8 final doirasida Berlinning "Union" jamoasini mag‘lub etdi (3:2).
"Bu g‘alaba biz uchun katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Kubokda unchalik yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Bunday o‘yinlardagi g‘alaba bizga qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi", - deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Shuningdek, hujumchi "Bavariya" darvozasiga belgilangan ikkita penalti borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning fikricha, hakamning qarorlari bahsli.













