"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik 9 noyabr kuni A Seriya doirasida "Udineze"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan tiklanishni tezlashtirmoqda.
Avvalroq ukrainalikka chap son to‘g‘ri mushak payining yorilishi tashxisi qo‘yilgani, u olti hafta davomida maydonga tushmasligi haqida xabar berilgandi.
Dovbik so‘nggi kunlarda yugurish va tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. U Yevropa Ligasidan o‘rin olgan "Seltik"ka qarshi o‘yindan oldin jamoaning umumiy guruhidan joy olishi va 15 dekabr kuni A Seriyaning "Komo"ga qarshi o‘yiniga chaqiruv olishi kutilmoqda.
Artemning tezkor tiklanishi 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ham optimal holatda maydonga tushish imkoniyatini yaratadi.













