"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni zamonaviy futbolda himoyachilarning o‘rni o‘zgarishi haqida fikr yuritdi.
"So‘nggi bir necha yil ichida ko‘plab jamoalar hujumkor kayfiyatdagi himoyachilarni qidirishdi. Bu har doim ham tabiiy ravishda bo‘lavermaydi.
Men Gvardiolga qoyil qolaman, Kalafiori esa "Arsenal"da chap qanot himoyachisi sifatida ajoyib o‘ynaydi.
Endi himoyachilar kattaroq narsa yarata olishlari kerak", - dedi Bastoni.













