Lissabonning "Sporting" klubi bosh murabbiyi Ruy Borjes Chempionlar ligasi doirasida Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi kechadigan o‘yinni kutib, OAV oldida chiqish qildi.
"Bu nihoyatda murakkab uchrashuv. O‘ylaymanki, Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o‘ynaymiz. Individual iste’dodlardan tashqari, ularda g‘ayrioddiy jamoaviy kuch mavjud bo‘lib, bu vazifani murakkablashtiradi. Ularning o‘yini juda harakatchan. Bu ajoyib murabbiyga ega ajoyib jamoa. Qiyin bo‘lishiga qaramay, raqobatlashish va g‘alaba qozonishga harakat qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Bavarian Football Works.
"Bavariya" ochkolarini 12taga yetkazib, 3-o‘rinda, "Sporting" 10 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.













