Italiyaning "Milan" klubi "Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi taniqli insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida. Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrich "rossonerilar"ga Luninni klub ro‘yxatini o‘zgartirishga ko‘ndirishda yordam berishi mumkin.
Lunin 26 yoshda. U "Real" safida 2018 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Ukrainalik futbolchi zaxira darvozaboni roli bilan kifoyalanmoqda, u bu mavsumda faqat bitta o‘yin o‘tkazdi.
Transfermarkt internet portali Luninning bozor narxini 18 mln yevroga baholamoqda.













