Yanvar oyida Liga 1 g‘olibligiga da’vogar "RB Leypsig"ning universal yarim himoyachisi bilan kuchayadi.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning eksklyuziv ma’lumotiga ko‘ra, qishki transferlar vaqtida "Lans" safiga Amadu Haydara qo‘shiladi. Transfer summasi atigi 3 mln yevroni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, 27 yoshli malilik futbolchi fransuz klubi bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolaydi, biroq u yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogidan keyingina jamoaga qo‘shiladi.
Joriy mavsumda Haydara "RB Leypsig" safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Uning hisobida jami 15 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.













