"Arsenal" futbolchilarining jarohati bilan kurashmoqda. Xabarlarga ko‘ra, himoyachilar Yurriyen Timber, Vilyam Saliba hamda Gabriyellar uzoq vaqtga safga chiqqan bo‘lsa, Deklan Rays shamollagani sababli YECHL bahsini o‘tkazib yubordi.
Shuningdek, hujum chizig‘idagi Maks Douman hamda Leandro Trossardlar ham Belgiyaga safarni o‘tkazib yubordi. "Kanonirlar" navbatdagi bahsni "Vulverxempton"ga qarshi, o‘z uyida o‘tkazadi.













