Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Fransiya sport vaziri 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasi yuzasidan fikr bildirdi

Fransiya sport vaziri 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasi yuzasidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Fransiya sport vaziri Marina Ferrari 2026 yilgi Jahon chempionatini boykot qilish masalasida izoh berdi. Mazkur turnir 2026 yil yozida AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Hozirgi bosqichda vazirligimizning bu yirik musobaqani boykot qilish niyati yo‘q. Albatta, kelajakda nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Men sport va musobaqalarni siyosatdan ajratish tarafdoriman, ammo ayrim siyosiy bloklar tomonidan boykot haqidagi fikrlar ham eshitildi. Jahon chempionati barcha sport ixlosmandlari uchun nihoyatda muhim voqea”, deya ta’kidladi Ferrari RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qator Yevropa terma jamoalari 2026-yilgi Jahon chempionatini boykot qilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotlari fonida aytildi. Jumladan Germaniya Bundestagidagi Xristian-demokratik va Xristian-sosial ittifoqlar (XDI/XSI) fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Yurgen Xardt Jahon chempionatini boykot qilish ehtimolini so‘nggi chora sifatida tilga olgandi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19-iyuligacha davom etadi. Amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi bo‘lib, ular 2022 yilgi mundial finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa Argentina terma jamoasi 4:2 hisobida ustun kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:45, 04.02.2026.
O'qildi: 204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.