Kirish Ro'yxatdan o'tish

Krauch «Arsenal»ning APLdagi chempionlik imkoniyatlariga baho berdi

Krauch «Arsenal»ning APLdagi chempionlik imkoniyatlariga baho berdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida allaqachon nechanchi bor bir xil manzara takrorlanmoqda — «Arsenal» mavsumning ikkinchi yarmida peshqadamlik qiladi, ammo yakunda chempionlikni boy beradi. Ushbu ssenariyni Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Piter Krauch sharhlab o‘tdi va uning fikricha, bu yilgi vaziyat avvalgilaridan farq qiladi.

"Har yili sen qo‘shimcha tajriba to‘playsan. Artetada ajoyib jamoa bor. Lekin eng asosiysi — raqiblar inqirozda. Ularning barchasi hozir biz o‘rgangan darajada kuchli emas.

Shu jumladan «Manchester Siti» ham. Shu sababli «Arsenal»da hozir real imkoniyat bor", — deya Krauchning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «BBC Sport».

Ma’lumot uchun, «Arsenal» oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo‘lgan edi.

Kiritildi: 13:20, 13.02.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.