Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Infantino va Tramp G‘azo sektorida futbolni tiklash uchun 75 million dollar ajratadi

Infantino va Tramp G‘azo sektorida futbolni tiklash uchun 75 million dollar ajratadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino va AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida futbol infratuzilmasini qayta tiklash loyihalari uchun 75 million dollar mablag‘ yo‘naltirishga qaratilgan yirik sheriklik boshlanganini e’lon qilishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ushbu tashabbus futboldan mintaqani tiklash vositasi sifatida foydalanishni nazarda tutadi. Dastur nafaqat sport ob’ektlari qurilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni, balki mahalliy aholiga yordam berish uchun dunyo futbol yulduzlarini mojaro hududiga yuborishni ham o‘z ichiga oladi.

Bu haqda Tramp ma’muriyati tomonidan global mojarolarni hal qilish uchun tashkil etilgan yangi diplomatik organ — «Tinchlik kengashi»ning birinchi yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, dunyo futbol afsonalari yoshlarni ruhlantirish va mintaqaning gumanitar ehtiyojlariga e’tibor qaratish maqsadida diplomatik missiya bilan G‘azoga tashrif buyurishadi. Ushbu tashriflar nafaqat futbol madaniyatini tiklashga, balki mahalliy aholining turmush sharoitini yaxshilashga ham xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:35, 21.02.2026.
O'qildi: 1436 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик