«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer «Port Veyl»ga qarshi Angliya Kubogi o‘yinida (7:0) sardorlik bog‘ichi bilan o‘ynagani haqida gapirdi.
«Sardor bo‘lish — men uchun sharaf, bundan xursand bo‘ldim. O‘zimni yaxshi his qilyapman, qiyinchiliklarni yengib o‘tdim deb o‘ylayman. Endi esa oldinga harakat qilib, natija ko‘rsatish qoldi», — deya Palmerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.













