Transfermarkt Italiya chempionati futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi va 2026 yil boshidan buyon narxi eng balandlagan o‘yinchilarni aniqladi. Eng katta o‘sish «Komo» yarim himoyachisi Niko Pas va «Napoli» hujumchisi Alisson Santosda kuzatildi — har ikki futbolchining narxi 15 million yevroga oshdi.
A Seriyaning eng ko‘p qiymat qo‘shgan 10 nafar futbolchisi ro‘yxati:
-
Niko Pas («Komo») – 80 mln € (+ 15 mln €).
-
Alisson Santos («Napoli») – 28 mln € (+ 15 mln €).
-
Rasmus Xoylund («Napoli») – 60 mln € (+ 10 mln €).
-
Yann Bissek («Inter») – 50 mln € (+ 10 mln €).
-
Doniell Malen («Roma») – 45 mln € (+ 10 mln €).
-
Petar Suchich («Inter») – 40 mln € (+ 10 mln €).
-
Nikkolo Pisilli («Roma») – 30 mln € (+ 10 mln €).
-
Artyur Atta («Udineze») – 25 mln € (+ 10 mln €).
-
Sher Ndur («Fiorentina») – 20 mln € (+ 10 mln €).
-
Oliver Nilsen («Lasio») – 16 mln € (+ 8,5 mln €).
2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Inter» 87 ochko bilan Italiya chempioniga aylandi. Ikkinchi o‘rinni 76 ochko bilan «Napoli» egallagan bo‘lsa, kuchli to‘rtlikdan «Roma» (73) va «Komo» (71) joy oldi.













