2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining G guruhi 2-turidan o‘rin olgan Belgiya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda durang qayd etildi. O‘yin AQSHning Inglvud shahridagi «Sou-Fay» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida argentinalik Dario Errera ishladi.
Bellashuvning 25-daqiqasida Eron hujumchisi Mehdi Taremiy to‘p kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi. Biroq VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi.
67-daqiqada belgiyalik Natan Ngoy maydondan chetlatildi va jamoasi o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. Shunga qaramay, o‘yin oxirigacha jamoalarga gol urish nasib qilmadi.
Ushbu natijadan keyin Belgiya va Eron hisobida ikkitadan ochko mavjud. Yangi Zelandiya va Misr esa bir ochkodan jamg‘argan bo‘lib, o‘zaro uchrashuvni 22 iyun kuni o‘tkazadi.
3-turda Belgiya Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushsa, Eron Misr bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 27 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Jahon chempionati-2026. G guruhi, 2-tur
22 iyun, Inglvud (AQSH). «Sou-Fay» stadioni
Belgiya — Eron — 0:0
Chetlatish: Natan Ngoy, 67 (Belgiya).













