Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Futzalchimiz Elbek To‘lqinov Indoneziya chempionligini qo‘lga kiritdi

Futzalchimiz Elbek To‘lqinov Indoneziya chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Elbek To‘lqinov o‘z sovrinlari qatoriga Indoneziya chempionati oltin medallarini ham qo‘shib qo‘ydi.

2025/2026 yilgi mavsumning 8-turigacha Buxoroning «Oil Star» jamoasi sharafini himoya qilgan Elbek mart oyida Indoneziyadan tushgan taklifni qabul qilib, legioner sifatida faoliyatini davom ettirishga qaror qilgandi.

U Indoneziyaning yetakchi klublaridan biri — «Bintang Timur» safiga kelib qo‘shilgan paytda amaldagi chempion kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashayotgan edi. Elbekning qadami qutlug‘ keldi: jamoa muntazam chempionatni 3-o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalda «Bintang Timur» muntazam chempionatning ikkinchi pog‘onasini egallagan «Blek Stil Papua»ga qarshi maydonga tushdi. Dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan Elbek va uning jamoadoshlari javob bahsida 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra muvozanat tiklangach, finalchi nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Bintang Timur» 5:4 hisobida ustun keldi.

Ikkinchi yarim finalda esa muntazam chempionat g‘olibi, Elbekning ukasi Ashir To‘lqinov to‘p surayotgan «Fafage Banua» jamoasi kutilmaganda «Kosmo JNE»ga ikki uchrashuvda ham (2:3 va 1:2) imkoniyatni boy berib, final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Shu tariqa chempionlik uchun «Bintang Timur» va «Kosmo JNE» jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Har ikki final uchrashuvida ham tartibli va ishonchli o‘yin namoyish etgan «Bintang Timur» ketma-ket g‘alabalar evaziga Indoneziya chempionligi unvonini munosib himoya qildi.

O‘zbekiston chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan (31 gol) Elbek To‘lqinov Indoneziyada ham o‘z mahoratini namoyish etdi. U chempion jamoa safida 3 ta gol urish bilan birga, jamoadoshlariga ko‘plab samarali, golli uzatmalarni amalga oshirdi.

Ashir To‘lqinov esa mavsumni Indoneziya chempionatining bronza medali bilan yakunladi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Elbek To‘lqinovni ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 18:55, 22.06.2026.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик