Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hujumchi va jamoa sardori Kilian Mbappega milliy jamoa safida o‘tkazgan 100 ta o‘yini munosabati bilan maxsus esdalik futbolkasini taqdim etdi. Ayni paytda 27 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasi safida 102 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Mbappe Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini 2017 yilda aynan Didye Desham boshchiligida o‘tkazgan. Shu vaqtgacha u «uch ranglilar» safida 102 ta o‘yinda ishtirok etib, 62 ta gol urdi va 42 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2018 yilda Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan. 2022 yilgi jahon chempionatida esa fransuzlar finalgacha yetib borgan edi.













