18-yoshli o‘zbekistonlik futbolchi «Braga» yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Sadriddin transferdan keyin o‘zining his tuyg‘ulari bilan ham o‘rtoqlashdi.
«Men bor kuchimni ushbu klub uchun beraman. «Braga» o‘z imkoniyatlarining cho‘qqisida turibdi va men jamoaga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda yordam berish uchun ishlayman.
Men juda xursandman, bu yerda ekanligimdan juda mamnunman va faoliyatimdagi ushbu yangi chaqiriqni qabul qilishga tayyorman», dedi Sadriddin.













